Insonning eng katta illyuziyalaridan biri - hayotni, yoki istalgan bir narsani tushunganiga ishonish.
Bir nechta kitob. Bir nechta nazariya. Biroz tajriba.
Shu kifoya. Odam hayotning algoritmini topgandek boshqalarga uni tushuntira boshlaydi.
Algoritm qisman bordirkuya. Hamma narsada qonuniyatlar bordir. Ammo xaosning o'rni kattaroq.
Hayotni bir necha formulaga, psixologik modelga yoki falsafiy qarashga sig'dirishga urinish - murakkablikni soddalashtirish xolos.
Shuning uchun hayotni eng ko'p tushuntiradiganlar meni ishontira olmaydi.
Aksincha, hayotning murakkabligini tan oladiganlar ko'proq ishonch uyg'otadi.
Hayotni tushunish va hayotni tushundim deb ishonish - bir-biridan butunlay boshqa narsalar.
@Qudrat
July 31, 2026 814 5