Olamlarga rahmat bo‘lib kelgan Zot — Muhammad Mustafo Sollallohu alayhi vasallam yuz mingdan ortiq sahobalari qarshisida so‘nggi bor so‘zladilar... Bu shunchaki xutba emas, balki ayriliq nafasi ufurib turgan eng buyuk Vasiyatnoma edi.
«Qoningiz, molingiz va obro‘yingiz bir-biringiz uchun muqaddas va daxlsizdir...»
«Ayollar borasida Allohdan qo‘rqingiz...»
«Sizlarga mahkam bog‘lansangiz aslo adashmaydigan narsani — Allohning Kitobi va Sunnatimni qoldirmoqdaman.»
Xutba yakunida Olamlar Sarvari barmoqlarini osmonga ko‘tarib:
«Ey Alloh! Yetkazdimmi? Ey Alloh, O‘zing guvoh bo‘l!» — dedilar.
Bugun bu daqiqalarni eslar ekanmiz, har birimiz uchun bitta savol ochiq qoladi:
Biz u Zot o‘zini fido qilib qoldirgan vasiyatga munosib ummat bo‘la olyapmizmi?
«Allohumma solli va sallim 'ala Sayyidina Muhammad»
olinganda manba koʻrsatilsin!
@qiroat_timee