Psixologiya: post #57 — TG.ME

Kelinlar qo’zg’oloni degan kino bor. Shu kinoni yosh paytida ko’rgan ayollarni bir nechtasini eslayman. Ular Nigorani juda yaxshi ko’rishar va Sottidan jahllari chiqar edi. Farmonbibini esa, o’ta ketgan egoist odam sifatida ko’rishar edi.

Taqdirni qarangki oradan 30 yil o’tib, o’sha ayollar qaynona bo’lganida ham yana men shu kinoni ko’rayotgan paytlarida oldilarida edim.

Endi Nigora bir iflos kelin, buzg’unchi, hammani o’rtasiga fitna soladigan “Выскочка” edi ular uchun. Sotti esa oila ucun jon kuyduradigan bir inson. Farmonbibi esa, hammani hotirjamligi uchun o’zidan voz kechga ayol sifatida qaralar edi.

Men shok holatga tushdim, ularni kinoni ko’rayotib aytayotgan gaplarini eshitgan zahoti shokim ham shokka tushib qoldi.

Hozirgi kunda “CHIDAMA, YASHASHNI TANLA, O’ZING BO’L, O’ZINGNI SEV, O’ZING UCHUN YASHA, O’ZLIGINGNI NAMOYON QIL, GAPINGNI ICHINGDA SAQLAMA!” deyotganlarni ko’rsam, shu kinoni ko’rgan ayollar esimga tushadi.

Qiziq, ular o’zlari aytgan gaplarni 10-15 yil o’tib o’z farzandlari ularga aytsa, “Men chidamayman, o’z xohishimni tanlayman, o’zingiz shuni doim aytgansiz” desa, keyin nima qilishar ekan a?

Bir kun oldimga bir ayol konsultatsiyaga keldi va gapi davomida bir necha marta “Men o’zimga ruxsat berdim” deb juda ko’p qilgan ishlarini gapirdi.

Gapni biroz aylantirib, “Keliningiz huddi sizdek o’ziga ruxsat bersa, sizga yoqadimi? Siz buni ma’qullaysizmi?” dedim.

Jim bo’lib qoldi va “Yo’q, yoqmasdi” dedi. “Unda nima uchun siz bu ishni eringizni uyidagilarga qilyapsiz va bundan faxrlanyapsiz?” dedim. Javob esa yo’q.

O’sha ayol mana 4 yildirki hali qaytib kelmadi. Chunki asli yuzimiz hecham yoqmaydi.

Biz ishlagan vaqtiimiz rahbarimizdan, rahbar bo’lganimizda hodimimizdan, kelin bo’lganda qaynonadan, qaynona bo’lganda kelinlardan har doim nimalarnidir kutib yashaydigan insonlarmiz.

Bizda faqat ikki tomonlama STANDARTlar bor. Qolgan hammaga bitta standart, bizga kelganda boshqacha bo’lishi kerak.

O’ylab ko’rsangiz bo’ladigan mavzu. Agar post yoqmagan bo’lsa ko’pchilik qatori kanaldan qoching va “yallama yorim, siz meni borim” deydiganlarni kanaliga qo’shiling. Faqat 15 yildan keyin sizni ustingizda ham o’zlariga ruxsat berishlari esingizdan chiqmasin.

Muslim Holdarov
👍38❤‍🔥9❤9🥰5🤡2🌚2👀2
December 14, 2024 6.3K 23