Psixologiya: post #64 — TG.ME

Bir bo’lakcha non yesa yoki bir ikki tomchi suv ichsa ham ro’za ochiladi, shundaymi?

Lekin…
Birovni asabini yesa, vaqtini yesa, umrini yesa, haqqini yesa, sog’lig’ini yesa, obro’sini maydalab yesa, o’lgan odamni go’shtini yesa, boshqa odamni qadrini yerga urib turib keyin uni qalbini yesa, odamni yoki odamlarni nomusini talab tashlanib yesachi, ro’za ochilarmikin?

“Ovqat pishayotgan qozonni oldiga birib to’yib hidlama, ro’zang ochiladi”, - deyishadi.

Lekin…
Birovga yeb qo’ygudek qarasachi, yig’latgudek zaharli gapirsa, boshqani ketini ochib tashlagudek kavlasa ham, og’iz ochilarmikin-a?

Ro’za faqat yeyish ichishdan to’xtash emasligini odamlarga aytish kerakmi yo shart emasmi?

M.H.
👍14❤‍🔥5❤3☃1
March 5, 2026 1.7K 8