Koʻplab takliflarni inobatga olgan holda
28-avgust 31-avgustqadar shaxmat bo'yicha Toshkent chempionati finaliga ikkinchi saralash turniri bo'lib o'tadi! ♟️
⏱️Musobaqalar Shveytsariya tizimi bo'yicha elektron soatlarda: 6, 8, 10, 12, 14, 16, 18 yoshgacha bo’lgan yosh guruhlarida 7 turda o'tkaziladi. Vaqtni nazorat qilish: har bir o'yinchi uchun o'yin oxiriga qadar 60 daqiqa, birinchisidan boshlab har bir harakat uchun 30 soniya ortishi bilan.
Shuningdek belgilangan vaqt ichida kerakli hujjatlarning skanerini telegram orqali yuborishingiz mumkin - @Toshkentshahmatbulimi
🟢Har bir yosh toifasida o‘g‘il-qizlar o‘rtasida dastlabki besh o‘rinni egallagan yoshlar o‘smirlar o‘rtasidagi Toshkent chempionati Finaliga yullanma oladilar. Turnir g‘olib va sovrindorlari (1-3 o‘rinlar) medal va diplomlar bilan taqdirlanadilar.















