♟️ProfChess - Professional shaxmat maktabi!🏆: post #15178 — TG.ME

🎉 PROFCHESS NING NAVBATDAGI ZAFARI! 🏆♟️

32-Abu-Dabi Xalqaro Shaxmat Festivali – 2026

📅 15–24-avgust, 2026 | 📍 Abu-Dabi, Birlashgan Arab Amirliklari


Dunyoning eng nufuzli shaxmat maydonlaridan birida yana bir tarixiy lahza yozildi! Ushbu yirik musobaqa Shveysarcha tizim bo‘yicha 9 qizg‘in turda o‘tkazildi. Ishtirokchilar klassik va tezkor shaxmat yo‘nalishlarida o‘z mahoratlarini sinashdi.


Vaqt nazorati: har bir shaxmatchiga 90 daqiqa va har bir yurish uchun +30 soniya qo‘shimcha vaqt.


🌍 Festival dunyoning turli burchaklaridan yetuk grossmeysterlar va iqtidorli yosh shaxmatchilarni bir maydonga jamladi. Shu ulug‘ maydonda ProfChess jamoasi ham o‘z nomini baland ovozda tanitdi!🔥

👧🏻11 yoshgacha qiz bolalar toifasida Ibragimova Asmiraxon kuchli raqobatchilar orasidan ishonchli o‘rin egallab, 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi!

Bu nafaqat natija, balki kelajakdagi buyuk g‘alabalarning poydevori!

🌟 Asmiraxon, qizimizzi chin qalbimizdan tabriklimiza, kelgusi musobaqalarda ham omad va yangi cho‘qqilarni zabt etishiga ishonamiz!🔥

🚀 ProfChess jamoasi o’quvchilarimiz tomonidan qo’lga kiritayotgan ketma-ket yuqori natijalari bilan faxrlanadi! Oldinda esa yanada ko‘plab zafarli kunlar bo’lishiga ishonadi! Olg’a ProfChess!!!🎊
August 24, 2026 441 1