maymoqlik.uz-kosolapost.uz: post #679 — TG.ME

📍 2026-yil 27–29-iyul kunlari Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy travmatologiya va ortopediya tibbiyot markaziga Sankt-Peterburg shahridagi G.I. Turner nomidagi Bolalar travmatologiyasi va ortopediyasi milliy tibbiyot ilmiy tadqiqot markazining yetakchi bolalar ortoped-travmatologi, tibbiyot fanlari nomzodi Yevgeniy Viktorovich Melchenko tashrif buyurdi.

Tashrif davomida artrogripoz bilan og’rigan bolalar ko’rikdan o’tkazildi, murakkab klinik holatlar muhokama qilindi hamda yuqori texnologik rekonstruktiv jarrohlik amaliyotlari bo’yicha mahorat darslari o’tkazildi.

Mazkur hamkorlikning eng muhim natijalaridan biri — artrogripozli bolalarda chanoq-son bo’g’imida zamonaviy rekonstruktiv operatsiyalar ilk bor markazimizda muvaffaqiyatli joriy etildi va bajarildi. Ushbu noyob va murakkab jarrohlik amaliyotlari og’ir tayanch-harakat tizimi deformatsiyalariga ega bolalarni davolash imkoniyatlarini yanada kengaytiradi hamda ularning hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilashga xizmat qiladi.
👏27👍9❤6
August 2, 2026 1.4K 4