O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi arafasida Onkologiya, gematologiya va immunologiya ilmiy-amaliy tibbiyot bolalar markazi xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan ta’sis etilgan «O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
Mazkur yuksak davlat mukofotiga ko‘p yillar davomida o‘z kasbiy mahorati, mas’uliyatli yondashuvi va fidokorona mehnati bilan sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, bolalarga yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatayotgan hamda mamlakatimiz bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi xizmatini yanada rivojlantirishga xizmat qilayotgan mutaxassislar sazovor bo‘ldilar.
Taqdirlashning tantanali marosimi Onkologiya, gematologiya va immunologiya ilmiy-amaliy tibbiyot bolalar markazida bo‘lib o‘tdi. Esdalik ko‘krak nishonlari Markaz rahbariyati tomonidan xodimlarga tantanali ravishda topshirildi.
Markaz jamoasi uchun ushbu mukofot xodimlarning kasbiy faoliyatiga berilgan yuksak davlat bahosigina emas, balki ularning kundalik mehnati, mas’uliyati va ezgu missiya — bolalar salomatligi va hayotini asrash yo‘lidagi fidokorona xizmatlari e’tirofi hamdir.
Biz mutaxassislarimiz bilan chin dildan faxrlanamiz va har bir xodimga yuksak professionalligi, o‘z kasbiga sadoqati, mehribonligi hamda ko‘p yillik fidokorona mehnati uchun minnatdorlik bildiramiz.
Ushbu munosib mukofot yurtimiz tibbiyotini rivojlantirishga qo‘shayotgan hissalarining yorqin e’tirofi bo‘lib, yangi kasbiy yutuqlar sari ilhom manbai bo‘lsin!
Farzandlarimiz salomatligi va kelajagi yo‘lida birgalikda xizmat qilamiz!
──────────────
В знак признания профессионализма и преданного служения медицине и Родине!
В преддверии 35-летия независимости Республики Узбекистан сотрудники Научно-практического медицинского детского центра онкологии, гематологии и иммунологии были удостоены памятного нагрудного знака «35 лет независимости Республики Узбекистан», учреждённого от имени Президента Республики Узбекистан.
Этой высокой государственной награды удостоены специалисты, которые на протяжении многих лет своим профессионализмом, ответственным отношением к делу и самоотверженным трудом вносят значимый вклад в развитие системы здравоохранения, оказывают детям высококвалифицированную медицинскую помощь и способствуют дальнейшему развитию детской онкологической, гематологической и иммунологической службы нашей страны.
Торжественная церемония вручения нагрудных знаков состоялась в Научно-практическом медицинском детском центре онкологии, гематологии и иммунологии. Заслуженные награды сотрудникам были вручены руководящим составом Центра.
Для коллектива Центра эта награда — не только высокая государственная оценка профессиональной деятельности сотрудников, но и признание их ежедневного труда, ответственности и преданности благородной миссии — сохранению здоровья и жизни детей.
Мы искренне гордимся нашими специалистами и благодарим каждого за высокий профессионализм, преданность своему делу, чуткость и многолетний самоотверженный труд.
#OrzugaHayotBaxshEtaylik #GiveLifeToADream #ДаримЖизньМечте
















