31-AVGUST — DOZANI OSHIRIB YUBORISH HOLATLARIDAN XABARDORLIK XALQARO… — ISHONCH VA HAYOT🎗 — TG.ME

🕯 31-AVGUST — DOZANI OSHIRIB YUBORISH HOLATLARIDAN XABARDORLIK XALQARO KUNI

Dozani oshirib yuborish — bu odamni qoralash uchun sabab emas.
Bu insonga zudlik bilan yordam kerak bo‘lishi mumkin bo‘lgan holat.

Bunday voqeaning ortida inson turadi. Kimningdir o‘g‘li yoki qizi. Do‘sti. Hamkori. Ota-onasi. Uni sevadigan va kutadigan insonlar bor.

Bugun aytmoqchi bo‘lgan eng muhim gapimiz:

dozani oshirib yuborishning oldini olish, inson hayotini esa saqlab qolish mumkin.

Xavfli holat belgilarini bilish, insonni yolg‘iz qoldirmaslik va o‘z vaqtida shoshilinch tibbiy yordamga murojaat qilish muhim.

Ammo profilaktika ancha oldin boshlanadi — giyohvandlik bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan insonlar uchun yordamning ochiqligi, ularning oilalarini qo‘llab-quvvatlash, stigma va kamsitishni kamaytirish hamda hukm qilinishdan qo‘rqmasdan yordam so‘rash imkoniyatini yaratishdan.

IVH HUBda biz tiklanish mumkinligiga ishonamiz.
Insonga yorliq emas — imkoniyat kerak.

31 avgust kuni biz ortga qaytarib bo‘lmaydigan insonlarni yodga olamiz.
Va hali hayotini saqlab qolish mumkin bo‘lgan insonlar haqida gapiramiz.

Hayot stigmadан muhimroq.
Yordam qoralashdan muhimroq.
Tiklanish mumkin.

🤝 ISHONCH VA HAYOT | IVH HUB

#31Avgust #DozaniOshiribYuborish #DozaniOshiribYuborishningOldiniOlish #ZararniKamaytirish #Tiklanish #Qaramlik #IVHHUB #ISHONCHVAHAYOT

📞 (55) 503-06-00

Jamoat Salomatligi va Ijtimoiy Ahamiyatga ega Kasalliklar sohasidagi yangiliklarimizni kuzatib boring.

ISHONCH VA HAYOT | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site |Telegram - Bot
👍6❤2
August 31, 2026 101