🇺🇸 AQSh immigratsiya vizalarini to‘xtatdi: Bu nogironligi bo‘lgan immigrantlarni kamsitish emasmi?
AQSh butun dunyo bo‘ylab immigratsiya vizasi arizalarini ko‘rib chiqishni vaqtincha to‘xtatdi. Bunga sabab qilib kelgusida "davlat yordamiga qaram bo‘lib qolishi mumkin bo‘lgan" nomzodlarni saralash ko‘rsatilgan. Shu saralashni o‘rgatish uchun butun dunyodagi barcha AQSh konsulliklari xodimlariga "chuqur trening" o‘tilarmish. Janob Tramp va uning hukumati fikricha, viza oluvchilar AQSh jamiyatga yuk bo‘lmasligi kerak ekan...
Bunday qarorning asosiy muammosi nimada?
"Davlat nafaqasiga muhtoj bo‘lib qolishi ehtimoli borlar" toifasiga nogironligi bo‘lgan shaxslar ham avtomatik tushib qolish xavfi juda yuqori. Natijada, ushbu toifadagi insonlarning chet elga immigratsiya qilish yoki munosib ish topish imkoniyatlari sun’iy ravishda keskin qiyinlashadi.
Xo‘sh, insonning nogironlik holati uni jamiyatga "yuk" qiladimi? O‘z mehnati bilan yashashni istagan shaxslarga bunday to‘siq qo‘yilishi ochiqdan-ochiq kamsitish (diskriminatsiya) emasmi?
Biz avvalroq huquqplus.uz veb-portalimizda aynan shu masalaga bag‘ishlangan "Nogironligi bo‘lgan shaxslar chet elga ishlash uchun chiqishi mumkinmi?" nomli huquqiy maqolani chop etgan edik.
👉 Maqolani o‘qish: https://huquqplus.uz/materials/mehnat/1641
💬 Siz Tramp ma’muriyatining bu qarori haqida nima deb o‘ylaysiz? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring!
@dilmurad_me










