Tahrir formulasi: minus 10 foiz Stiven King yozish jarayonini ikkiga… — Orif Tolib — TG.ME

Tahrir formulasi: minus 10 foiz
 
Stiven King yozish jarayonini ikkiga boʻladi: yopiq va ochiq eshik.
 
Dastlabki qoralamani xona eshigini yopib, faqat oʻzingiz uchun yozing. Ilhomni yoʻqotib qoʻymaslik uchun xatolarga chalgʻimay, fikrni qogʻozga tezroq tushirishga urining.
 
Nuqta qoʻygach, darhol tahrirga kirishmang. Matnni roppa-rosa olti haftaga unuting, toki u oʻzingiz uchun ham begonalashsin. Shundan keyingina “ochiq eshik” bosqichi, yaʼni tahrir boshlanadi. Endi uni oʻzingiz emas, begona oʻquvchi koʻzi bilan oʻqiysiz.
 
King bu bosqichda yoshligida bir muharrir oʻrgatgan qatʼiy formulaga amal qiladi: 2-qoralama = 1-qoralama – 10%. Yaʼni tahrir paytida matn hajmi kamida oʻn foizga qisqarishi shart.
 
Gapni ogʻirlashtiradigan ortiqcha soʻzlar, keraksiz tasvirlar va choʻziq jumlalarni shafqatsizlarcha qisqartirib tashlang. Shunda matn yengillashib, nafas ola boshlaydi.
 
Siz tahrir qilganda matn qisqaradimi yoki uzayib ketadi?
 
🔥 – doim qisqartiraman 
🤔 – baʼzan tahrirda matn uzayadi
 
@oriftolib | Sahifalarimiz
🔥58🤔22⚡3✍2😢1
August 20, 2026 4.7K 23