Soʻqqa soʻzi mustaqil qoʻllanishini unutib yuborgan ekanman. Izohli lugʻat esga soldi:
– Oʻzing soʻqqa joningni boqolmaysan-u, toʻqlini qanday qilib boqasan, – dedi Shum bola Omonga. (Gʻ. Gʻulom, “Shum bola”)
Mazmunga eʼtibor bersak, soʻqqa soʻzi hech kimsiz, yolgʻiz, faqat oʻzi maʼnosida kelyapti. Ushbu soʻzga bosh qismi qoʻshilishi bilan yasalgan soʻqqabosh soʻzi esa lugʻatda asosan ikki xil holatni ifodalaydi:
1️⃣ Oila qurmagan, boʻydoq kishi (turmush oʻrtogʻi yoki bola-chaqasi yoʻq):
– Bibi Robiya, – dedi u [Yaxshiboyev] – soʻqqabosh oʻtib ketyapsan. (M. M. Doʻst, “Lolazor”)
2️⃣ Yaqin qarindoshi yoki suyanchi boʻlmagan odam:
Dunyoda yakka-yu yagona, soʻqqabosh odam. (S. Ahmad, “Jimjitlik”)
Soʻqqa soʻzining oʻzi shunchaki yolgʻizlik, yakkalik holatini bildirsa, soʻqqabosh koʻpincha oilaviy va ijtimoiy maqomga nisbatan qoʻllanadi.
@oriftolib | Sahifalarimiz





