Fozil Omonov: post #2869 — TG.ME

Kechasi o‘qish uchun joy topa olmayapsizmi?
Uyda shovqin xalal beradimi?
Kutubxonalar yopiqmi?

Ha, hammamizni shunaqa savollar qiynaydi.
Ayniqsa, universitet imtihonlariga yaqin qolgan va til sertifikatlarini topshirish muddati yetgan paytlarda bunday joylarga ehtijoyimiz tug'iladi.

TDYU (Toshkent davlat yuridik universiteti) talaba qizlari universitetdagi inkubatsiya dasturida o'zlarining "Yaqin - mikro kutubxona" nomli biznes g'oyasi bilan qatnashayotgan ekanlar. Ular Toshkentda o‘qish va ishlash uchun sokin, 24/7 ishlaydigan joylarni o‘rganish orqali bir tizim yaratishayotgan ekanlar.

Menimcha, talaba qizlarni bu ishida qo'llab-quvvatlash uchun 2 daqiqa vaqtimizni ajratib so'rovnomada ishtirok etishimiz ko'p kuch talab qilmaydi. Ham desa bu so'rovnoma nafaqat talabalar, balki hammamiz uchun manfaatli bo'lgan bo'lar edi.

Quyidagi so'rovnomadan qatnashing va o'z fikringizni bildiring. Fikringiz biz uchun muhim!

So'rovnoma uchun link
❤6
January 29, 2026 537 4