🖥Startapingizni g‘oyadan biznesgacha olib chiqadigan bepul qo‘llanma!
🌐Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (WIPO) va Adliya vazirligi hamkorligida o‘zbek tiliga moslashtirilgan “G‘oyalarni tijoratlashtirish: startaplar uchun intellektual mulk bo‘yicha qo‘llanma” endi bepul yuklab olish uchun ochiq.
❗️Ushbu qo‘llanma:
✅startaplar va tadbirkorlarga patentlar, tijorat siri, mualliflik huquqi, tovar belgilari, sanoat namunalari kabi vositalarni sodda tilda tushuntiradi;
✅intellektual mulkni biznes modeliga qanday integratsiya qilish va undan raqobat ustunligi yaratish yo‘llarini ko‘rsatadi;
✅bozorda raqobatchilarni oldinga o‘tkazib yubormaslik, xavflarni boshqarish va nizolardan qochish bo‘yicha aniq metodik tavsiyalar va misollar beradi;
✅texnologiyani g‘oyadan tayyor mahsulotgacha olib kelish bosqichlarini (TTD) tushuntiradi va investorlar ko‘zi bilan qarashni o‘rgatadi.
✅Qo‘llanma kimlar uchun?
• o‘z innovatsion texnologiyasini bozorga chiqarishni rejalashtirayotgan startaplar uchun;
✅brend, dastur, servis yoki yangi biznes g‘oyasini himoya qilishni xohlayotgan tadbirkorlar uchun;
✅intellektual mulk tizimi tamoyillarini amaliy misollar orqali o‘rganmoqchi bo‘lgan talabalar va startap ekotizimi ishtirokchilari uchun.
📥Qo‘llanmani yuklab oling, g‘oyalaringizni himoya qiling va ularni barqaror biznesga aylantiring.
https://www.wipo.int/export/sites/www/sme/en/documents/guides/customization/enterprising-ideas-uz-uzb.pdf
@StartapLegalHub
1November 26, 2025 611 1 7