Ikki inson. Ikki xil tanlov. Ikki turlicha hayot yo‘li...
Biri kelajagini qurish uchun uyini tark etdi.
U muvaffaqiyatga erishdi, mustaqil bo‘ldi, hatto moliyaviy erkinlikka ham erishdi. Bir vaqtlar orzu qilgan maqsadlarini ro‘yobga chiqardi.
Lekin...
Har bir yutug‘i ortida oilasi va yaqinlari bilan qayta yashab bo‘lmaydigan eng qimmatli lahzalarni boy berdi.
Boshqa biri esa oilasi yonida qolishni afzal ko‘rdi.
Yaqinlari bilan, o‘zining hotirjam uyida.
U har bir xotirani, muhim voqealarni va og‘ir kunlarni ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari bilan birga o‘tkazdi.
Uning hayoti mehrga, sevgiga va baxtga to‘la edi.
Lekin...
Ba'zida u o‘zidan so‘rardi:
"Agar boshqa yo‘lni tanlaganimda, nimalarga erishishim mumkin edi?"
Oradan 15 yil o‘tdi.
Ular yana uchrashishdi.
Biri o‘yladi:
"Muvaffaqiyat ortidan quvib, juda ko‘p narsalarni yo‘qotmadimmi?"
Boshqasi esa:
"Uyda qolib, juda ko‘p imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermadimmi?"
Va shu payt ikkalasi ham bir haqiqatni tushunishdi:
Har bir tanlov senga nimanidir beradi...
Va shu bilan birga nimanidir olib ketadi.
Sen istayotgan har bir hayot ma'lum qurbonliklarni talab qiladi.
Tanlamagan hayoting esa uzoqdan doimo osonroq va yaxshiroq ko‘rinadi.
Haqiqiy hotirjamlik esa tanlagan yo‘lingni so‘roqlashni to‘xtatib, u senga bergan ne'matlarni qadrlashni boshlaganingda keladi.
@NotesInevershared