Yo'ldagi bitiklar | Javokhir Makhkamov: post #1095 — TG.ME

Yo'ldagi bitiklar | Javokhir MakhkamovOdamlarni fikrini o‘zgartirishga majburlashga urinmang. Ularga o‘z xato qarashlarini ko‘rib chiqish va mustaqil fikrlashga yordam bering.
Ya'ni, Siz boshqa odamni o‘z fikrini o‘zgartirishga majburlay olmaysiz. Uni shunchalik qattiq bosim ostida qoldirib, oxir-oqibat siz bilan bir xil fikrga kelishiga erishishning iloji yo‘q. Bu deyarli hech qachon ishlamaydi.

Buning o‘rniga, siz odamga uning noto‘g‘ri tushunchalari, xato qarashlarini tahlil qilishda yordam berishingiz mumkin.

Maqsad — uni o‘zingizning fikringizga majburan ishontirish emas, balki mustaqil fikrlashi va ongli qaror qabul qilishi uchun imkon yaratish.

Chunki odamning qarori sifatsiz ma’lumot, noto‘g‘ri tushunchalar yoki propaganda ta’sirida shakllangan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun unga tayyor javob berishdan ko‘ra, savollar berish juda muhim.
🔥9👍4💯2
August 8, 2026 501 1