Assalamu alaykum hammaga
Bayan ilovasini platforma shakliga keltirish arafasidaman. Hozirda ilova tarkibida bir nechta akademik lug'atlar jamlangan. Undan tashqari nahv fanidan mavzulashtirilgan testlar, arab tiliga oid maqolalar hamda Kamil Kayloniyning 100dan ortiq kitoblari jamlangan. "Platformacha"mizga endi daraja testlarini qo'shish niyati bor.
Undan oldin sizlardan maslahat olay degandim. Hammasi bitta ilovada bo'lgani qulaymi? Yoki alohida yangi ilova yasaganim yaxshimi?
Men uchun bitta ilova ichida bo'lgani ancha ma'qul bo'lib turibdi. Kim xohlasa ilova sozlamalaridan "arab tili" bo'limi tugmasini yoqsa, u bo'lim ilovaga qo'shiladi, aks holda qo'shilmaydi.
Ilovada hamma ham arab tilini o'rganish uchun kirmaydi, katta ustozlarga bu narsa kerak emas. Biroq yosh arabshunoslarga, sohada yangilarga asqotishidan umidvormiz.
Sizlar nima deysizlar?





