Bayan endi sizning kompyuteringizda
Allohga shukr ilovamiz, qisqa muddatda 2,500 martadan ko'p odam yuklab oldi. Bu son kundan kunga ortib bormoqda. Barchaga foydali bo'lishini Allohdan so'rab qolaman.
Yaqin do'stlarimizdan ilovani kompyuterda ham ishlaydigan ilovasini yasashimni so'rashgandi. Aslida bu ish qiyin bo'lmasa-da, o'ziga yarasha vaqt va qunt talab qiladi.
Ushbu videoda ilovani hech bir qiyinchiliksiz, oson va tez kompyuterda ishga tushirishni ko'rsatib o'tganman. Ko'ring va foydalanib, ulashing. Tushunmagan joyingiz bo'lsa albatta so'rang
Google Play Games ilovasini yuklab olish uchun yozuv ustiga bosing
Telefondagi Play Market akkauntingiz bilan ushbu ilovadagi akkauntingiz bir xil bo'lsin. So'ng telefoningiz orqali ilovani kompyuteringizga o'rnating. Play Gamesga kiring va ilovadan foydalaning. O'zi oson qilsin
5
2
2
1July 17, 2026 1K 31 10