Avtoturargoh bepul deb yozib qoʻyibdi, lekin uning xodimi chiqqan mashinalardan pul olyapti.
Vaholanki, avtoturargoh xodimi soʻramaydi, haydovchini oʻzi beradi. Sababi oddiy, ertaga yaxshiroq munosabat bilan yaxshi joyni band qilish uchun.
Tibbiyotda ham shunaqa, vrachlar bevosita pul soʻrash holatlari juda kam, aksariyat holarda bemorlarni oʻzlari pul berib ketishadi va bu hol takrorlanaverganidan pul soʻrash odatini shakllantirib qoʻyishadi. Tibbiyotda ham bepul xizmat turlaridan shunchaki foydalanishmaydi, pul bersam navbatsiz yoki yaxshiroq munosabatda boʻladi deyishadi.
Biz koʻp noliymiz, bu kabi sohalardan. Aslida bunday vaziyatni keltirib chiqaradigan omil fuqarolar.
Agarda fuqarolar oʻz huquqlarini bilsa, bu katta kuch, u taraf hech narsa qilolmaydi, qonun bu - qonun.
Har qanday sistemada bu narsa ishlaydi, har bir odam oʻzini isloh qilsa bu katta kuch. Butun soha isloh boʻladi.
Dr.Otabek
Toshkent
26.02.2026
2
5
1
5
1February 26, 2026 878 3 1