Otabek MD | Beyond Medicine: post #369 — TG.ME

Dunyoni yaxshilanishiga hissa qoʻshishning qanday oddiy yoʻllari bor, oʻzi imkoni bormi?

Hammamizda boʻlsa kerak, ulkan maqsadlar. Masalan, kimdir millarder boʻlsam masjid quraman, maktab quraman, mana shuncha odamni xursand qilib pul beraman va hokazo.

Ya’ni moddiyatga borib taqaladigan katta-katta maqsadlar. Ha bular juda yaxshi, jamiyatda juda beqiyos ishlar boʻladi agar amalga oshsa. Lekin ungacha jamiyatga yordam berish mumkinmasmi.

Bugun oddiy bir shaxs sifatida, moddiyatga ega boʻlmasdan turib jamiyatni islohotiga qanday qilib hissa qoʻshish haqida gaplashamiz.

Bular boʻlishi mumkin, har koʻrgan odamingiz tabassum bilan salom berish, liftlarda joy berish, qandaydir navbat kutganda galingizni berish yoki mashinada ketayotganingizda boshqa mashinaga yoki piyodaga shunchaki yoʻl berish.

Tasavvur qiling, siz bir insonni rahmatiga sazovor boʻldingiz, sizdan u xursand boʻladi, ha bu fakt, oʻzimni boshimdan oʻtgan. Kayfiyat koʻtariladi, ey Xudo dunyoda yaxshi odamlar bor-a haliyam deb qoʻyadi. Natijada, oʻzini qarzdordek his qiladi, keyingi safar qandaydir vaziyatda qarzini uzish kerak degan his bilan u ham boshqa odamga yaxshi muomalada boʻladi, yoʻl berish kabi.

Hech boʻlmaganda, oʻsha odamni kayfiyati koʻtarilyapti-ku toʻgʻrimi, davom ettirmagan taqdirda ham. Lekin ishonamanki, qalbida iymoni bor odam davom ettiradi bu zanjirni aniq.

Bir odam 1 kunda 3 ta shunday vaziyatda yaxshi muomalada boʻldi deylik, u 3 odam yana boshqa 3 ta odamni xursand boʻlishiga sababchi boʻldi. Bu degani geometrik progressiya kabi. Ya’ni:

1 ta odam => 3 ta odamga
3 ta odam => 9 ta odamga
9 odam => 27 ta odamga
3*3*3*…*3=3ning darajalariga oshyapti bu daxshat natija!

Tasavvur qiling a, bitta siz tufayli bir kunda minglab odamlar fikrlashi oʻzgarishi mumkin.

Mana bu - qachon odam oʻzini isloh qilsa jamiyat isloh boʻladi degan gapni isboti.

Dunyoni oʻzgartirmoqchimisan, birinchi boʻlib oʻzingni oʻzgartir deb bekorga aytishmaydi…

Oʻzimizni isloh qilaylik, har kuni ertalab kiyimimizni tozaligiga qaraymizku, shu payt qalbimizga ham bir nazar solib qoʻyaylik🙂

Dr.Otabek
Saudi Arabia
27.07.2026
3⚡6👍3🔥2🏆1
July 27, 2026 418 1