Otabek MD | Beyond Medicine: post #360 — TG.ME

Yigitlarga achinaylik, qizlar!

Toshkentga kelib biroz kuzatdim. Qimmat kafelarda ham yigit-qizlarni (talabalarni) bemalol uchratish mumkin. Surishtirsam, tashqarida ko'rishish uchun bu holat tabiiy bo'lib, hatto sevishganlar bo'lsa yigit har 2 haftada shunday 'erib' turishi kerak ekan.

Agar bu rost bo'lsa, bizda jiddiy muammo borligi oydinlashadi. Yaponiyada yoshlar juda kam hollarda qimmat joylarda ko'rishishadi. Ular cho'ntaklari ko'taradigan, hamma ham kirib, qahva icha oladigan joylarni tanlashadi. Istisnolar albatta mavjud. Shunday bo'lsada, yapon qizlarini o'z yigitlaridan qimmat joyga olib borishini, qimmat sovg'alar kutishini men kuzatmaganman. Teskarisi, yaponkalar doimo narigi tomonni o'ylab, uning pulini asrash va kelajagi uchun qayg'urib, ko'rishish uchun arzon joylarni tanlashadi.

Agar yigitlar talaba bo'lmay, biror firmada ishlayotgan bo'lsa, tushunaman. Ammo, talaba yigitlarga bunday yukni yuklash turgan bitgani INSOFSIZLIK va ularni o'qishidan ko'ra pul topishga itqitib yuborishdan o'zgasi emas.
😁7🤣7
February 23, 2026 639 4