Baxt nimada?
Internetda koʻp uchratganmiz bunday savollarni, baxt oddiylikda, baxt pulda, baxt sogʻlikda va hokazo.
Bugun bu fikrlarni jamlaymiz.
Avval baxtli inson boʻlish uchun zarur resurslarni ajratamiz.
Birlamchi resurs - sogʻliq, tinchlik.
Ikkilamchi resurs - pul (mashina, uy-joy, predmetlar >>> pul orqali sotib olsa boladigan istalgan narsa)
Uchlamchi resurs - xotirjamlik.
Ana endi qiziq joyiga keldik masalani.
Bir odam baxtni sogʻliqda, bir odam esa shunchaki urush boʻlmasligida, yana biri esa pulda, va yana bir boshqasi esa xotirjamlikda deb hisoblaydi?!
Nega… shunday ekan baxt har xil tushunchami?
Yoʻq baxt bir ma’noni anglatgan, doim, barcha davrva zamonlarda.
Faqat odam oʻziga qaysi resurslar kamligini hisobga olib oʻshanga nisbatan baxtni tasavvur qiladi…
Qorni toʻq odam ovqatni baxt deb hisoblamaydi, sogʻligʻi joyida odam oyoq-qoʻli butun ekanligini baxt deb hisoblamaydi, puli bor odam baxt pulda emas deb hisoblaydi.
Tasavvur qiling, hammasi bir insonda mujassam boʻlishi qiyinroq-a?
Sababini ham aytaman, chunki bu dunyo sinov dunyo. Bu dunyo baxtli boʻlish uchun yaralmagan dunyo. Bekorga mashoyixlar “bir kam dunyo” deyishmaydi.
Kimdadir nimadir doim kam, yetishmaydi. Sababi kimdir nima bilandir sinaladi, boshqa yoʻl yoq.
Faqat biz oʻzimiz ta’sir qila oladigan darajada baxt darajasini maksimal koʻpaytirishimiz mumkin.
Masalan, koʻpchilikka sogʻliq, tinchlik, vaqt resurslari berilgan. Bular bebaho ne’matlar.
Lekin qolgan resurslarga oʻzimiz harakat qilishimiz kerak, koʻproq va aqlliroq ishlab pul resursini toʻldirishimiz mumkin.
Dunyoni oʻylashni kamaytirish orqali xotirjamlik resursini hosil qilishimiz mumkin.
Bizni qoʻlimizdan kelaldigan yagona narsa baxtga olib boradigan yoʻlni maksimal koʻpaytiramiz…
Shuning uchun puli bor odamlar baxt - oddiylikda, deydi. Rost haqiqatan ular uchun shunday.
Kambagʻal uchun esa baxt - pulda.
Demak kambagʻal pul resursini toʻldirolmagani uchun baxtni pulda deb oʻylaydi.
Boy esa stressni koʻp olgani uchun xotirjamlikka erisholmaydi. Vaholanki, faqirlarda xotirjamlik juda oddiy hol, e’tibor ham berishmaydi.
Doʻstlar, kimlarnidir tanqid qilmaylik, baxtni har xil narsalarda deb bilishlari uchun. Odamzot shunday, oʻzidagi yoʻq narsalarda deb hisoblaydi, Baxtni.
Aslida baxtli boʻlish uchun koʻp narsa kerak emas, universal yechim shuki, shunchaki bor narsalarga “shukr” hissini shakllantirish.
Yechim oddiy, shukr qiling, baxtli boʻlasiz. Nafas olayotgan har qanday odam shukr qilish orqali oʻzini baxtiyor hisoblaydi…
12.01.2026
Qoʻqon
Dr.Otabek
2
13
1
13
1January 12, 2026 871 11 3