Otabek MD | Beyond Medicine: post #351 — TG.ME

Smart dunyo

XXI asr texnologiya asri deganini mana shu yillarga kelib toʻliq anglayapman.

Smart mashinalar, smart televizor, smart telefon, smart robot va hokazo.

Bu texnologiyalarni yaratayotganlarni miyasi qanchalik darajada smart ekanligini tasavvur qilavering? Lekin bizni miyamizchi, biz faqat xaridor boʻlib qolaveramizmi?

24/7 ishlab qimmat narx evaziga ularni sotib olish, bu shunchaki moddiyat bilan bogʻliq emas, bu ayni umrimiz bilan bogʻliq.

Tushuntiraman, nega pul=umr ?

Pul topish uchun vaqt sarflaymiz, bu vaqt degani, kunlar, haftalar, oylar, yillar…

Har bir kun bizni bir qismimiz, va shu bir qismimiz yemirilyapti, tugayapti, evaziga biz pul topyapmiz.

Nimaga sarflayapmiz, yuqoridagi smart dunyoga.
Shunday emasmi?!

Qanchalik arziydi, smart yaxshi, komfort, zamonaviy. Bir soʻz bilan aytganda eng zoʻri!

Lekin umrimizni ayni shu narsalarga erishish niyati bilan oʻtkazib yuborishlik…???

Bir kuzating, nega odamlar koʻp ishlayapti, uylariga qimmat konstruksiyalar ishlatyapti, mashinalarni qimmatini olyapti ya’ni ayni smart predmetlarga fokus qaratilgan.

Erishdi ham deylik, vaqtga qarasa hamma smartga erishgandan soʻng, qolgan umri sanoqli!

Endi aytingchi, arziydimi?

Doim aytaman, ehtiyoj va xohish. Yaxshi farqlab olish kerak.

Baxtga erishish uchun smart dunyoda yashash shart emas, minimalizm evaziga ham baxtga erishish mumkin.

Natijada, siz smart dunyoga erishish hchun ketkazgan vaqtingizni, smart odamlar bilan xotiralarga joylaysiz…

Kim qay yoʻlni tanlagan boʻlardi?

Smart odamlar bilan butun umrlik esda qolarli xotirlar bilanmi, yoki smart jonsiz predmetlar bilanmi😊

Smart dunyoda oʻzimiz smart odamni ishini qilyapmizmi?

Yoki boshqarilgan robotdek, qay tarafga jalb etilsa oʻsha tarafga qarab yuguryapmizmi?

Xulosa oʻzingizdan.

Dr.Otabek
02.12.2025
Toshkent
1⚡5🏆2👍1
December 2, 2025 896 3 3