#taqriz
Jeyms Hedli Cheyz – britaniyalik yozuvchi va 93 ta detektiv asarlar muallifi. Asl ismi Rene Brabazon Reymond. Yozuvchining qalamiga mansub 2 ta detektiv asarni o'qib tugatdim.
1. "Venetsiya missiyasi"
Ushbu asar o'tkir syujetli detektiv bo'lib 1954 yilda chop etilgan. Asar qahramoni Don Miklem, bedarak yo'qolib qolgan do'sti Jon Tregartni Italiyada izlashga jo'nab ketadi, oqibatda agentlar "o'yiniga" aralashib qoladi, do'stini topib uning nomini oqlash uchun Miklem ko'p harakat qiladi, u o'z maqsadiga yetdimi yo'qmi ushbu asarni o'qib bilib olishingiz mumkin.
To'g'risini aytsam, hech qaysi bir kitobni darajasini bir-biriga solishtirishni yoqtirmayman, biroq men uchun ushbu yozuvchi yangilik sifatida ro'yhatimga qo'shildi. Birinchidan, ushbu asar juda bir jumboqga to'la emas, lekin sizni oxirgacha o'qishga undaydigan "intrigani" bera oladi, asarni o'qish davomida xuddi kino ko'rayotgandek bo'lasiz, siz ham o'zingizni Miklemning do'sti Jon Tregartni u bilan birgalikda qiyinchiliklarni yengib borishga intilayotgandek his etasiz. Boshida qiziq tuyilmasligi mumkim, ammo Agata Kristining asarlariga nisbatan ko'proq sizga keyingi betni o'qishga turtki beradi. Shunda bu kitobdan nima ma'no olaman degan savol beradigan bo'lsangiz, mening javobim: vazifa qanchalik qiyin bo'lmasin uni bajarishning doim imkoni bo'ladi, o'lmasang ko'rasan degan xulosa oldim.
O'zimni bitta kinoni hayolot olamimda ko'rib chiqgandek his qilganim uchun, shu sababdan 10 dan 7 baho beraman.
2. "Gonkongdan kelgan tobut"
Ushbu kitob ham o'tkir syujetli detektiv bo'lib 1969 yil chop etilgan. Asar qahramoni hususiy detektiv Nelson Rayan. Bir kuni uning ish xonasida qotillik yuz beradi, politsiyachilar Rayanning xonasida xitoylik ayolning jasadini topib olishadi, o'sha ayol bu yerga turmush o'rtog'ining jasadini Gonkongdan olib kelgan bo'ladi, uni nima sababdan o'ldirishdi, tobut ichidagi uning eri German Jefferson qanday o'ldi.. Buning barchasini aniqlash uchun Rayan Jeffersoning otasi bergan ko'rsatma bo'yicha Gonkongga jo'nab ketadi va u yerda juda ko'p chigalliklarga duch keladi. U xitoylik ayolning qotilini qanday topadi, Jefferson aslida nima ish qilgan, bu haqda asarni o'qiganingizdan so'ng bilib olishingiz mumkin.
Bu kitobni o'ylaganimdan ham tezroq o'qib tugatdim, o'qishni to'xtatib qo'ysam xuddi sevimli kinoyimni yarimidan o'chirib qo'yishgandek his berdi. 😆
Asarning eng yaxshi tarafi shundaki bunda ko'p boshni achitib o'tirmaysiz, oldindan nima bo'lishini ham taxmin qilsa bo'ladi, siz o'ylagandek chiqsa mazzada. Masalan, men xitoylik ayolning qotilini kimligini kitob yarmidan sezdim, shuncha ovoragarchlik detektivga a..deysiz, chunki qotil hech qayerga aloqasi bo'lmagan va siz shubha qilmagan joyda bo'ladi ko'pincha, u qachondir qandaydir xato qiladi degan arzimagan xulosani ham beradi. Ushbu asarga 10 dan 9 baho beraman.
Jeyms Hedli Cheyzning asarlarini zerikkanda bitta intriga dozasini olish uchun o'qisangiz bo'ladi, arziydi. Qolgan kitoblarini ham nasib qo'lim yetsa o'qiyman. Sizlarga ham tavsiya, o'qiganlar bo'lsa men ham sizlarning safingizga qo'shildim.
Vaqtingizni ajratib o'qiganingiz uchun rahmat, o'ylayman-ki, mening taqrizlarim kimdirning kitob o'qishi uchun bir turtki bo'ladi. Keyingi safar yanada qiziqarliroq qilib yozishga harakat qilaman. Thank u guysss😚🥹
@misss_dil