Bugun vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva Chirchiq shahridagi “Go‘zal shahrim gullasin” boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi.
Mazkur BSK tomonidan shahardagi 6 ta mahallada joylashgan 104 ta ko‘p kvartirali uyga xizmat ko‘rsatilib, 5 893 ta xonadon qamrab olingan. Kompaniyada 38 nafar ishchi-xizmatchi faoliyat yuritadi.
Joriy yilda kompaniya tasarrufidagi 80 ta ko‘p kvartirali uyni kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari yakunlangan. Jumladan, 36 ta uyning 6 456 kvadrat metr tom qismi, 54 ta kirish yo‘lagi, 16 ta yerto‘la qismi, 3 186 kvadrat metr framuga romlari ta’mirlangan, 13 ta temir eshik hamda 29 ta domofon moslamasi bilan bog‘liq ishlar amalga oshirilgan. Ayni paytda 24 ta uyda ta’mirlash-tiklash ishlari davom etmoqda.
Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 724-son qarori asosida 29 mlrd so‘m mablag‘ hisobidan 140 ta ko‘p qavatli uyning ichki issiqlik tizimlarini ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilmoqda.
Davlatimiz rahbarining 48-son qarori doirasida esa 9 mlrd 835 mln so‘m mablag‘ hisobidan 23 ta bolalar maydonchasini qurish, 2 200 pogon metr irrigatsiya tarmoqlarini ta’mirlash hamda 6 ming metr piyodalar yo‘laklarini beton qoplamasi bilan qoplash ishlari amalga oshirilmoqda.
O‘rganish yakunida mas’ullarga belgilangan ishlarni sifatli va o‘z vaqtida yakunlash, ko‘p kvartirali uylarni kuz-qish mavsumiga to‘liq tayyorlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|










