Hududlarda istiqomat qilayotgan aholining sohaga oid muammolarini bevosita tinglash, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va amaliy yechimga yo‘naltirish maqsadida fuqarolar bilan doimiy ravishda ochiq muloqotlar tashkil etib kelinmoqda.
Har bir masala yuzasidan huquqiy va amaliy tushuntirishlar berilib, qo‘shimcha muddat talab etadigan muammolar mas’ullar nazoratiga olindi. Ayrimlari bo‘yicha mutasaddilar joyiga chiqib, mavjud holatni bevosita ko‘zdan kechirdi. Mavjud holatlarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda batafsil ko‘rib chiqish va fuqarolarga amaliy ko‘mak berish bo'yicha aniq vazifalar belgilandi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|






