Ayol hayoti davomida hech qachon unutmaydigan 3 davr bor…
1. Yangi kelinlik
2. Homiladorlik
3. Tug‘ruqdan keyingi davr
Nega aynan shu 3 davr?
Chunki bu davrlarda ayol shunchaki yashamaydi, u o‘zgaradi.
1. Yangi kelinlik davri
Yangi kelin bo‘lganida u yillar davomida yashab kelgan uyidan, muhitidan chiqib, umuman unga notanish bo’lgan bir boshqa hayotga, oilaga, muhitga kiradi.
U faqat familiyasini emas, ichki dunyosini ham o‘zgartiradi.
Sevishni, sabrni, moslashishni o‘rganadi.Uning miyasi bu davrni “hayotiy burilish” deb belgilaydi. U boshida buni yashirsada baribir ilk yillarda u o’zini bu yangi oilada yolg’iz, hech kimi yo’q begonadek his qiladi.
Shuning uchun bu davrda unga aytilgan har bir so‘z, unga qilishayotgan har bir munosabat, erining har bir e’tibori yoki e’tiborsizligi uning miyasida juda chuqur muhrlanadi, hatto u juda oddiy vaziyatlarda bo’lsa ham.
2. Homiladorlik davri
Bu davrda gormonlar o‘zgaradi.
Ayol sezgir bo‘ladi.
Yig‘isi tez keladi.
Mehrga ehtiyoji oshadi.
Psixologik jihatdan esa u “men”dan “biz”ga o‘tadi. Endi u o‘zi uchun emas, farzandi uchun yashaydi.
3. Tug’ruqdan keyingi davr
Bu davrda ayol og’riq va baxtni bir paytning o’zida his qiladi, bu davr ayolning eng zaif va eng kuchli payti. Og‘riq, charchoq, uyqusizlik… Lekin shu bilan birga — cheksiz rahmat.
Islomda onaning maqomi nega baland? Chunki u hayotni og‘riq orqali olib keladi. Psixologiyada esa tug‘ruqdan keyingi davr “emotsional imprint” deyiladi.
Ya’ni eng kuchli hislar umr bo‘yi iz qoldiradi.
Agar bu 3 davrda ayol mehr ko‘rsa u gullaydi. Agar e’tiborsizlik ko‘rsa ich-ichidan sinadi. Bu davrlarda har bir holat juda chuqur xotirada qoladi.
Chunki bu davrlarda qalb ham, tana ham bir vaqtning o‘zida ishlaydi.
@mediynaa