Ayting: “Yunusni qorong’u dengiz tubidan qutqargan Alloh — mening… — Mediyna — TG.ME

Ayting: “Yunusni qorong’u dengiz tubidan qutqargan Alloh — mening muammolarimni ham hal qiladi.
Zakariyoga keksaligida farzand bergan Zot — mening muammolarimni ham hal qiladi. Ibrohimga olovni salqinlik qilgan Alloh — mening muammolarimni ham hal qiladi. Muso uchun dengizni ikkiga bo’lgan Alloh — mening yo’limdagi yopiq yo’llarni ham ochadi. Maryamni yolg’izlikda o’z rahmati bilan asragan Alloh — meni hech qachon yolg’iz tashlab qo’ymaydi. Ayyubga yillar da’vom etgan darddan keyin shifo bergan Alloh — mening dardimga ham shifo beradi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni eng og’ir sinovlarda ham yolg’iz qoldirmagan Alloh — meni ham yolg’iz tashlab qo’ymaydi!
❤33
March 16, 2026 1.3K 15
Ayting: “Yunusni qorong’u dengiz tubidan qutqargan Alloh — mening… — Mediyna — TG.ME