Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi imtihon sanasi ma'lum qilindi
Xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 2026-yil 23-iyun kuni o‘tkaziladi.
Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiradigan fanlar va test topshirish hududi bilan yuqoridagi PDF faylda tanishish mumkin (my.gov.uz portali yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali).
Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.
IIzoh: Talabgorlar turli sabablarga ko'ra test topshirish hududini yoki test topshirish tilini o'zgartirish uchun https://t.me/NostrifikatsiyaBBA_bot manzili orqali (ariza raqami, ism, familiya va sharifini keltirgan holda) murojaat qilishlari mumkin.