DIQQAT! MUHIM E’LON! 17-avgustdan 21-avgustgacha Koreya Respublikasi… — LSL Consulting and Scholarships — TG.ME

📢 DIQQAT! MUHIM E’LON!

17-avgustdan 21-avgustgacha Koreya Respublikasi elchixonasiga viza uchun hujjat topshirgan barcha talabalar uchun MyGov (
my.gov.uz) orqali olingan QR-kodli “Tug‘ilganlik haqida ma’lumotnoma” talab qilinmoqda.

Iltimos, ushbu masalaga jiddiy e’tibor qaratib, talabalaringizning Tug‘ilganlik haqidagi ma’lumotnomasini MyGov orqali chiqarib, imkon qadar tezroq hujjat topshirgan tur firma/agentligingizga yuborib berishingizni so‘raymiz.

❗️ Ushbu hujjat viza ko‘rib chiqish jarayoni uchun muhim bo‘lganligi sababli, iltimos, e’tiborsiz qoldirmang va kechiktirmasdan tayyorlab yuboring.

📌 Ma’lumotnoma quyidagi namunadagidek, MyGov’dan olingan va QR-kodli bo‘lishi kerak.

Hamkorligingiz va tezkor yordamingiz uchun rahmat!
August 27, 2026 123 4