LSL Consulting and Scholarships: post #735 — TG.ME

Yuzlab o‘quvchilarning hujjatlarini tayyorlash, universitet tanlash va oliygohlarga kirish jarayonida yonida bo‘lish, bu biz uchun shunchaki jarayon emas. Har bir natijaning
ortida o‘quvchining mehnati, ota-onaning ishonchi, bizning mas’uliyatimiz va uzoq davom etgan jarayondir.

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda natijalarni ko‘p uchratamiz. Bir qarashda esa hammasi juda osondek ko‘rinadi: qabul xati, grant yoki universitet nomi. Ammo bitta natijaga yetib kelguncha ortida qancha izlanish, tayyorgarlik, xatolar, qayta topshirilgan hujjatlar va sabr borligini ko‘pincha ko‘rmaymiz.

1)Bugundan boshlab 2027-yil bahorgi qabul uchun Janubiy Koreya, Yaponiya hamda bir qator TOP universitetlarda hujjat topshirish jarayonlari ochildi. 2) Shuningdek, TOP-100 universitetlarning 2027 Fall qabuli ham bosqichma-bosqich ochilishni boshladi. 3) Bu hafta davomida sizlar bilan qabul xatlari va natijalarimizni muntazam ravishda ulashib borishga harakat qilamiz.

Murojaat uchun:

🌐 @islom_lsl_consulting
📞 93 717 4994

📷 Instagram |🌐 Telegram
🔥11❤4🕊1
August 11, 2026 305 1 2