🚀 “Algoritm Ta’lim Markazi”dan navbatdagi ULKAN G‘ALABA!
🌍 TasIMO-2026 xalqaro olimpiadasining final bosqichi yakunlandi. Quvonarlisi, ushbu nufuzli musobaqada dunyoning 14 ta davlatidan (jumladan, Xitoy, Germaniya, Pokiston, Mongoliya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondan) 3-11-sinfgacha bo‘lgan eng kuchli maktab o‘quvchilari g‘oliblik uchun bahs olib borishdi.
🥇🔥 Yakuniy natijalarga ko‘ra, o‘z toifasida O‘zbekiston va qo‘shni davlatlarning ishtirokchilari bilan bellashgan 6-sinf shogirdimiz Zokirov Temurbek mutloq ustunlik bilan 92.6/100 ball to‘plab, deyarli rekord natija qayd etdi. Hamda OLTIN medalni qo‘lga kiritdi!
🎯 Matematika fanidan xalqaro olimpiadada bunday natija ko‘rsatish, qolaversa kuchli ishtirokchilardan sezilarli darajada yuqori ball olish Temurbekning yuksak bilimi va tizimli tayyorgarligining isbotidir.
✨G‘alabang muborak bo‘lsin, Temurbek!
🏛 @Algoritm_Talim_Markazi









