Alhamdulillah! 🏆 “Algoritm Ta’lim Markazi” o‘quvchilari IMAS xalqaro… — LEVEL UP Til Markazi — TG.ME

🎉 Alhamdulillah! 🏆

“Algoritm Ta’lim Markazi” o‘quvchilari IMAS xalqaro matematika olimpiadasida g‘alabaga erishishdi!


⚡️ Matematika fanidan markazimizning iqtidorli o‘quvchilari o‘z bilim va salohiyatini yana bir bor namoyon etib, yuqori natijalarga erishishdi. Tizimli tayyorgarlik va mehnat samarasida o‘quvchilarimiz 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritishdi.

👉 5–6-sinflar kesimida:
Zokirov Temurbek (6-sinf) —
🥇1-o‘rin, mutloq g‘olib
Niyozaliyev Shohjahon (6-sinf) —
🥇
Faxriddinov Abdumajid (6-sinf) —
🥈
Nodirov Xondamir (6-sinf) —
🥉
Ergashev Nodirbek (5-sinf) —
🥉

👉 7–8-sinflar kesimida:
Azzamqulov Samariddin (8-sinf) —
🥇

🌟 Alohida ta’kidlash joizki, Zokirov Temurbek eng yuqori ball bilan mutloq g‘olib bo‘ldi.

✅ Bu natijalar o‘quvchilarimizning mehnati, ustozlarimizning fidokorona sa’y-harakati va ota-onalarning doimiy qo‘llab-quvvatlovi samarasi hisoblanadi.

✨ Barcha o‘quvchilarimizni, ularning ustozlari va ota-onalarini ushbu yorqin g‘alaba bilan samimiy tabriklaymiz!

📌 Ta’kidlash joizki, 2025-yilda ham o‘quvchilarimiz ushbu olimpiadada 3 ta oltin va 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritib, yuqori natijalarni qayd etishgan edi.


🏛 @Algoritm_Talim_Markazi
👍
❤6👍5🔥3🤩3
March 29, 2026 646 1