#results
#academic_ielts
Oyijon, 8.0 oldiiiim!
Keyingi maqsadlarim yo'lida til sertifikati kerak bo'lgani uchun, xullas, yana bir marta academic IELTS imtihoniga tayyorlanishga to'g'ri keldi. Juda qisqa muddat: 6 hafta intensiv + 2 hafta mustaqil tayyorlanib imtihon xonasiga kirib chiqdim.
Shu 2 oy orasida 2 ta xakatondan, 2 ta yangi ish taklifidan voz kedim. Tunlari uxlamay dars qildim. Ish va IELTSni baravar olib ketish, yumshoq aytganda, oson emas ekan. Kamiga oxirgi marta 3 yil oldin ingliz tili bilan shug'ullangan va keyin butunlay uni tashlab qo'ygan odam uchun.
Ochig'i. bundan yaxshiroq natija qilish mumkin edi. O'zimga bog'liq bo'lmagan faktorlar sabab kutganimdan pastroq chiqibdi. Lekin umumiy ball baribir chiroyli: 8.0! Urra!
Nima deb o'ylaysiz, "2 ta xakatondan, 2 ta yangi ish taklifidan voz kedim" - bu shunga arzidimi?
Menimcha, ha. Ish ham, xakatonlar ham topiladi. Ular hamisha bo'lgan. Bir marta, ozgina mehnat qilib yaxshi ball olsangiz, olibsiz-da. keyingi ikki yil bemalol yurasiz.
Hammasi uchun ming shukr!
Fursatdan foydalanib, tayyorlanishim uchun vaqtini va maslahatini ayamagan ustozlarimga: Mr Davudxon (IELTS Zone) - main teacher, Mr Akbar (IELTS Zone), Mr Mirakbar (IELTS Zone) - support teacher, Mr Ramziddin (IELTS Zone) - support teacher, Mr Muhiddin (E-muallim) va Mr Gulomjonga rahmat aytmoqchiman! Sizlarning bilimlaringizsiz, doimiy baholaringizsiz bunaqa qisqa paytda bu natijaga qaytish oson bo'lmasdi.
Tabriklarga ochiqmiz 😁















