O’tkazmoqmi o’tqazmoq? #general_linguistics Tilmizda talaffuzi… — Kompyuter lingvistikasi, dasturlash va tilshunoslik — TG.ME

O’tkazmoqmi o’tqazmoq?

#general_linguistics

Tilmizda talaffuzi o’xshash, lekin ma’nosi farqlanuvchi so’zlar — paronimlar juda ko’p. Ko’pchilik adashadigan paronim juftliklardan bittasi bu “o’tkazmoq-o’tqazmoq” juftligi. Keling, oson usulda farqlashni o’rganamiz.

➡️O’tkazmoq — biror buyumni (yoki shaxsni) A nuqtadan B nuqataga ko’chirish.
➡️O’tqazmoq — biror buyumni (yoki shaxsni) A nuqatan B nuqtaga o’rnatish.

Boshqacha qilib qaytganda, o’tkazmoq — gorizontal harakatga, o’tqazmoq — vertikal harakatga tegishli.

Misollar:
⌨ tuvakka gul o’tqazdim
(Gul tuvak ichiga bo’ylamasiga o’tqaziladi);
⌨ qoplarni narigi xonaga o’tkazib qo’ydim
(Qoplar yangi manzilga gorizontal harakatda ko’chadi)

O’tqazmoq (sinonimi o’tqizmoq) asosan ekin-tekin, gul-daraxtga oid fe’l.

Endi aniq adashmaysiz, chunki sirli masalliqni bilasiz)

@komp_ling_uz
❤5👍5
July 16, 2026 1.5K 4 3