#review #fakt
25-kadr
“25-kadr” g‘oyasi 1957-yilda reklama tadqiqotchisi Jeyms Vikari tomonidan ommalashtirilgan. Kino va videomateriallar odatda soniyasiga 24 kadr tezlikda namoyish etiladi. “25-kadr” nazariyasiga ko‘ra, inson ko‘zi sezmaydigan darajada juda qisqa tasvir qo‘shimcha kadr sifatida kiritilsa, u ong ostiga ta’sir qilib, insonning fikrlashi yoki xatti-harakatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Biroq ilmiy tadqiqotlar ushbu da’voni tasdiqlamagan. Inson miyasi juda qisqa muddat ko‘rsatilgan tasvirlarni qisman sezishi mumkin, ammo ularning odamni yashirin tarzda boshqarish yoki majburlash darajasida ta’sir ko‘rsatishi isbotlanmagan.
Stiv Allen'ning hikoyasi esa yuqoridagi faktning hayotiy timsoli oʻlaroq yozilgan.
Ifor
@kitob_world

4
1August 2, 2026 625