#mood
Necha kun paylab yo'lini, uyina galgan gunim,
Bir nafasga tinch qo'yib, do'stu yoron galmin during.
Man axir shu gulparining ko'yinda hayronaman,
Vasl chogʻi shu dam ayni shu on galmin during.
Shu gulandomni agar do'sti chikoni bo'lsangiz,
Har biriniz o'z yoringizni tanda joni bo'lsangiz.
Ham parivashlar kabi mohitoboni bo'lsangiz,
Dilda ishqim sir tutin qiz-u juvon galmin during.
Joylaganman mehrini qalbima agʻalar,
Gulmangiz ahvolima dardim yamandir ag'alar.
Shu fursat teymin durin jonimni jalli jodular,
Titratar hozir g'upor oxir zamon galmin during.
Bir kelib man bu joya ochin ming dursin qapilar,
Telefonni tinch qo'ying bir dam boshqa ish topilar.
Shu dam xayollar birlashib bog'da o'ynar ohular,
Ko'rinmas ko'zga shu payt jumla jahon galmin during.
Shu muborak dildadir ishku gumonlik qilmangiz,
Galmasin yorni yana o'ta rashku gumonlik qilmangiz.
Ishqilib Qurbonbaya do'stlar yamanlik qilmangiz,
Shu soat bag'rimdadir mohitabonim galmin during.
(#)
2
1August 20, 2026 326 5