Tegirmon eshagi”*ga o’xshaymizmi?! Imom Tahonaviy “-Tegirmon eshagiga… — in'ikos — TG.ME

Forwarded fromPSPseudo nevrolog
“Tegirmon eshagi”*ga o’xshaymizmi?!

Imom Tahonaviy “-Tegirmon eshagiga o’xshab qolmagin” degan ekanlar.

Yana aytgan ekanlarki “-Agar sen solih amallar qilaversang-u, gunohdan to’xtamaydigan bo’lsang umuman o’smaysan. Qayerda bo’lsang, turaverasan o’sha joyda…”

Haqni topish, asl maqsad tomon yo’lga chiqqan kishi manzilga yetishi uchun yurishi kerak, yurgan kishi kishi haqqa yetadi. Kishi gunohlardan tiyilmas ekan bir joyda qo’zg’almay aylanib turadigan eshakdan farqi qolmaydi degan ekanlar.

Amallarni yuvadigan nimalar qilayotganimizga hech e’tibor berganmizmi?

- Yaxshi gapiramiz — g’iybat ham qilib qo’yamiz;
- Rost gapiramiz — yolg’on ham qo’shib qo’yamiz;
-Namoz o’qiymiz — birovga yomonlik ham qilib qo’yamiz;
- Ro’za tutamiz — birovni so’kib ham qo’yamiz;
- Zakot beramiz — minnat ham qilamiz;
- Ilm olamiz — yonida katta-kichik gunohlarni ham qilib qo’yamiz.

Yuzimizni yuvsak-u ustidan loy chaplayversak yuzimiz ikki dunyoda oqarmaydi. Tanamizdagi jarohatga malham qo’ysag-u ustidan kesib qo’yaversak yaramiz ikki dunyoda tuzalmaydi.

* avvalgi zamonlarda tegirmonlar donni ezish uchun atrofida eshak aylanma harakat qilib aylantirgan. Eshshak kun bo’yi tinmay yurgan-u, lekin joyidan qo’zg’almay turavergan.

Siz bilan biz shu holda emasmizmi - o’ylab ko’ring!?

Ustoz Husaynxon Yahyo Abdulmajid suhbatlaridan

@Pseudonevrolog A.J
18.07.2026
July 26, 2026 157