04.08.2026. O'quvchilardan darak yo'q... Ehtimol biri unutgan Yoki… — in'ikos — TG.ME

Forwarded fromFAFarahuddin Asadulloh
04.08.2026.
O'quvchilardan darak yo'q...
Ehtimol biri unutgan
Yoki safarga ketgan...
Yana biri o'qishda
Yoki olis shaharda...
Men kutaman barini...
Men kutaman barini insha Alloh keladi!
Kelganda ham "Ey ustoz, QORI BO'LDIM" deb shoshadi!

O'quvchilarimdan darak yo'q...
Men sog'indimku ularni...
Axir uch oy ta'lim berdim, o'rgatdimku Qur'onni!
Ko'rdim ularni bolamdanda afzal deb,
Qiyomatda do'zaxdan menga parda bo'lar deb

Men ularni sog'indim...
Endi ularda Qur'on bor
Qur'oniga muvofiq
Iymon, solih amal bor
Ulardan ko'ra men firoqdaman
Ayriliqdaman ey inson!
Chunki ular firog'i bitta ustoz
Mening firog'im 14 ahli Qur'on

Tinglovchilar kelmadi...
Bilaman, endi kelmaydi...
Lek, kutaman barini
Men kutaman barini insha Alloh keladi!
Kelganda ham "Ey ustoz! QORI BO'LDIM" deb shoshadi!

Qori bo'ling, olim bo'ling o'quvchim!
Har vaqt zikr ila zokir bo'ling o'quvchim!
Tilingiz Qur'on ila mohir bo'ling o'quvchim!
Kalomingni o'rgatgan deb,
Men uchun qiyomatda shohid bo'ling o'quvchim!
Yerdagi Jannatda hamroh qilgan
Fidavsda ham jam qilsin Allohim!

Tinglovchilar kelmadi...
Bilaman, endi kelmaydi...
Lek, kutaman barini
Men kutaman barini insha Alloh keladi!
Kelganda ham "Ey ustoz! QORI BO'LDIM" deb shoshadi!
August 4, 2026 119