Erta va indin nima qilish kerak? ➡️ Ashuro kuni to’rt muqaddas oyning… — in'ikos — TG.ME

Erta va indin nima qilish kerak?

➡️ Ashuro kuni to’rt muqaddas oyning biri – Muharramning 10-kuni (25-iyun 2026-yil). 

➡️ Imom Ahmad rivoyatiga ko'ra, Nuh alayhissalomning kemalari Judiy tog’i ustida to’xtagan kun ham Ashuro edi.

➡️ Bu kunda Alloh taolo Muso alayhissalom hamda Bani Isroilni Fir’avn va uning navkarlaridan qutqarganligi uchun Madina yahudlari uni ro'za tutib nishonlardilar.

➡️ Yahudlar ro’zasidan farqlanib turishi uchun Ashuro kuniga qo’shib, bir kun oldin (ertaga 24-iyun) va/yoki bir kun keyin (26-iyun) ham ro’za tutmoq afzal (Ibn Moja; Riyozus Solihiyn).

➡️ Bu kun ro’zasi o’tgan bir yillik gunohlarga kafforat bo'ladi (Muslim 1162; Riyozus Solihiyn).

➡️ Muharram oyi ro'zasi Ramazon ro'zasidan keyingi eng afzali ekanligi bir necha sahih rivoyatlarda aytilgan (Muslim, Termiziy, Abu Dovud, Ibn Moja).

➡️ «Kim oila ahliga Ashuro kunida (oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa narsalarda) kenglik qilsa, yilning qolganida Alloh unga kengchilik qiladi». Imom Bayhaqiy rivoyatlari.
- Imom Sufyon Savriy rohmatullohi alayh: «Biz ushbu hadisni amalda qo‘llab, uning aytilganidek ekanligiga guvoh bo‘ldik» – deganlar.
- Sufyon ibn Uyayna rohmatullohi alayh: «Biz buni 50-60 yil tajriba qilib ko‘rdik va faqatgina yaxshilik ko‘rdik», – deganlar.
- Demak, Ashuro kuni ro‘zg‘orni but qilib olinsa, yilning qolgan oylari ham barakali bo‘lishi umid qilinadi.
June 23, 2026 138 1