Rahbarlarga agar bitta tavsiya berish kerka bo'lsa, shuni aytgan… — in'ikos — TG.ME

Rahbarlarga agar bitta tavsiya berish kerka bo'lsa, shuni aytgan bo'lar edim: Siyratni o‘rganing.

Unda rahbar duch kelishi mumkin bo‘lgan deyarli har bir vaziyatning muvozanatli yechimi bor.
Uni o‘rganib, qo‘llasangiz - ikki dunyo saodatiga yo‘l ochiladi.

1. Ba’zan qat’iyat kerak
Makka davrida mushriklar murosa taklif qildi.
Bir yil sen bizning dinimizga, bir yil biz sening diningga, deyishdi.

Payg‘ambarimiz aqidada bir qadam ham chekinmadilar.
Bu yerda qat’iyat zarur edi.
Oqibatda:
- Aqida tozaligi saqlandi
- Rahbarlik printsipi mustahkamlandi
- Ummah ichida ishonch kuchaydi


2. Ba’zan qattiqqo‘llik kerak

Badrda jang bo‘ldi.
Zulm to‘xtashi uchun kuch bilan javob berildi.
Bu yerda yumshoqlik emas, tartib ustun edi.
Oqibatda:
- Musulmonlar siyosiy kuch sifatida tan olindi
- Ichki ishonch va birlik oshdi
- Dushman tajovuzi kamaydi


3. Ba’zan rahmdillik kerak
Makka fathi kuni to‘liq qudrat bor edi.
Lekin umumiy afv e’lon qilindi.
Ta’qib qilgan, haqorat qilgan, zulm qilganlar ham bor edi.
Barchasiga rahm qilindi.
Oqibatda:
- Qalblar zabt etildi
- Ommaviy ravishda Islom qabul qilindi
- Ichki urushning oldi olindi


4. Ba’zan sabr qilish kerak
Makka davrida yillar davomida haqorat va boykot bo‘ldi.
Payg‘ambarimiz sabrni tanladilar.
Har bir provokatsiyaga javob bermadilar.
Oqibatda:
- Kadrlar chiniqdi
- Iymon mustahkamlandi
- Hijrat uchun zamin tayyorlandi


5. Ba’zan maslahat qilish kerak
Xandak jangi oldidan sahobalar bilan maslahat qilindi.
Salmon al-Forsiy taklif qilgan xandaq g‘oyasi qabul qilindi.
Bu jamoaviy fikrning kuchi edi.
Oqibatda:
- Madina saqlandi
- Jamoaviy fikrlash kuchaydi
- Rahbarlikka ishonch oshdi


6. Ba’zan uzoqni ko‘ra bilish kerak

Hudaybiyya kelishuvi shartlar og‘ir tuyuldi.
Sahobalar qiynaldi.
Lekin qaror hissiyot bilan emas, strategik tafakkur bilan qabul qilindi.
Oqibatda:
- 2 yil ichida Islom tez yoyildi
- Diplomatik tan olinishi boshlandi
- Makka fathiga eshik ochildi


Bu ro'yhatni juda ko'p davom ettirish mumkin.


Haqiqiy rahbar muvozanatni biladi.
- Har vaziyat bir xil yondashuvni talab qilmaydi
- Hikmat vaziyatni to‘g‘ri o‘qishda
- Kuch ham kerak
- Yumshoqlik ham kerak
- Sabr ham kerak
- Strategiya ham kerak
Har qarorning oqibati bor

P.s. Ramazon sizga g'animat. Siyratni o'rganing..
February 19, 2026 261 2