TURK MUSIQASI VA NOMODDIY MADANIY MEROS: ILMIY TADQIQOT VA AVLODDAN… — ICRICH — TG.ME

🇹🇷 TURK MUSIQASI VA NOMODDIY MADANIY MEROS: ILMIY TADQIQOT VA AVLODDAN AVLODGA UZATISH TAJRIBALARI

⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi “Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy o‘rganish va targ‘ib qilishni rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 405-son qarorining 7-ilovasi 3.2-bandida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, jumladan, institutga xorijiy olimlarni jalb etish vazifasi belgilangan.


✅Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash, xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish hamda nomoddiy madaniy merosni ilmiy o‘rganish borasida tajriba almashish maqsadida, 2026-yil 9-sentabr kuni Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti hamda Turkiya Respublikasining Atatürk universiteti Turk musiqasi davlat konservatoriyasi hamkorligida onlayn seminar o‘tkaziladi.

👤 Seminarda Atatürk universiteti Turk musiqasi davlat konservatoriyasi mudiri, professor, doktor Nesrin Feyzioğlu hamda Atatürk universiteti Turk musiqasi davlat konservatoriyasi professori, doktor İsmail Hakkı Gerçek ekspert-ma’ruzachi sifatida ishtirok etadi.

🎼 Seminar mavzulari:

1️⃣ “Go‘ro‘g‘li” dostoni: matn va musiqa munosabati kontekstida turk dunyosidagi “Go‘ro‘g‘li” tarmoqlari (shoxobchalari) va yashab kelayotgan “Go‘ro‘g‘li” kuylari.
Ma’ruzachi: Atatürk universiteti Turk musiqasi davlat konservatoriyasi mudiri, professor, doktor Nesrin Feyzioğlu.

2️⃣ Turk musiqasining rivojlanishi va avloddan avlodga uzatilishida meşk an’anasi: ustoz Alaeddin Yavaşcaning ijodiy merosi.
Ma’ruzachi: Atatürk universiteti Turk musiqasi davlat konservatoriyasi professori, doktor İsmail Hakkı Gerçek.

📆 2026-yil 9-sentabr
🕙 10:00

📌 Seminar davomida turkiy xalqlar musiqa va og‘zaki an’analarining o‘zaro bog‘liqligi, “Go‘ro‘g‘li” dostonining turli tarmoqlari va musiqiy namunalari, shuningdek, turk mumtoz musiqasida meşk an’anasining o‘rni hamda musiqiy merosni avloddan avlodga yetkazish tajribalari yuzasidan ilmiy fikr va tajribalar almashiladi.

🔗 Zoom havolasi: https://us05web.zoom.us/j/88140714709?pwd=QmpbIiUse67yNVAxGCJ12ID8tNERAu.1

🟢Konferensiya identifikatori: 881 4071 4709
🟢Ulanish uchun parol: 8zDc1x

#ilmiyseminar #Turkmusiqasi #Goʻroʻgʻli #AtatürkUniversiteti #ICRICH

🌍icrich.uz|🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|🕊X|📺YouTube
👍3🔥2👏1
September 7, 2026 210 8