GUGUNDAGI "YODGORLIKLAR SHIFOXONASI" ⚡️ Madaniyatshunoslik va… — ICRICH — TG.ME

📍 GUGUNDAGI "YODGORLIKLAR SHIFOXONASI"

⚡️ Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy tadqiqot instituti Xalqaro etnofolklor ekspeditsiyasi jamoasi Pekinning tarixiy yuragi – “Taqiqlangan shahar”dagi Gugun restavratsiya va konservatsiya departamenti faoliyatini ilmiy jihatdan o‘rgandi.

💠 Xalq orasida “Yodgorliklar shifoxonasi” deb ataluvchi noyob ilmiy maskanda Institut olimlari hamda Gugun mutaxassislari qadimiy buyumlarni restavratsiya qilishning an’anaviy texnologiyalari, materiallarni tadqiq etish, ilmiy diagnostika, ustoz-shogird tajribasi va madaniy merosni hujjatlashtirish masalalari yuzasidan fikr va ilmiy tajriba almashdilar.

✅Tadqiqot davomida moddiy va nomoddiy madaniy merosning uzviy bog‘liqligiga alohida e’tibor qaratildi. Qadimiy buyumni asrash – uning tashqi qiyofasini saqlab qolish bilangina cheklanmaydi. Uni yaratish, bezash, qayta tiklash va avloddan-avlodga yetkazish bilan bog‘liq an’anaviy bilim, ko‘nikma va mahoratni asrash ham merosni muhofaza qilishning muhim qismidir.

✅Gugunda qadimiy xattotlik va rangtasvir, bronza, soat mexanizmlari, yog‘och, lak, to‘qimachilik, keramika va inkrustatsiya kabi yo‘nalishlarda shakllangan an’anaviy restavratsiya texnologiyalari zamonaviy ilmiy yondashuvlar bilan uyg‘un holda davom ettirilmoqda.

➡️ Gugunda biz tarixning o‘zinigina emas, uni kelajakka olib o‘tayotgan bilim, mahorat va ilmni o‘rgandik.

🤝 Istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari:

🟢 Gugun mutaxassislari ishtirokida mahorat darslari va seminar-treninglar;
🟢Restavratsiya va an’anaviy hunarmandchilik texnologiyalari bo‘yicha ilmiy tajriba almashinuvi;
🟢Moddiy va nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilishga qaratilgan qo‘shma ilmiy-amaliy loyihalar;
🟢Olimlar va mutaxassislar o‘rtasida doimiy ilmiy muloqot.


💬 Bu hamkorlik an’anaviy bilim va ko‘nikmalarni asrash, restavratsiya tajribasini rivojlantirish hamda O‘zbekiston – Xitoy ilmiy aloqalarini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

#Xitoy #etnofolklorekspeditsiyasi #nomoddiymadaniymeros #icrich

🌍icrich.uz|🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|🕊X|📺YouTube
👍6🔥2👏2
September 8, 2026 176 3