Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti… — ICRICH — TG.ME

📍Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti ekspeditsiyasi a’zolari Pekin shahridagi O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Elchixonasiga tashrif buyurdilar.

💠 Tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda ishtirok etildi. Unda elchixona xodimlari, Xitoyda istiqomat qilayotgan vatandoshlar hamda ilmiy izlanish olib borayotgan yosh tadqiqotchilar jam bo‘ldilar.

✅Bayram dasturidan milliy kuy-qo‘shiqlar va madaniy chiqishlar o‘rin olib, tadbirga o‘ziga xos ruh bag‘ishladi. Samimiy muloqot va do‘stona muhit esa O‘zbekiston madaniyatining xalqaro maydondagi jozibasini yana bir bor namoyon etdi.

➡️ Dastur davomida mehmonlarga o‘zbek milliy taomi – palov tortiq qilindi. Uning betakror ta’mi orqali xalqimizning qadimiy pazandachilik an’analari, mehmondo‘stlik va jamoaviylik kabi qadriyatlari ham namoyon bo‘ldi.

💬 Mazkur tashrif Institutning milliy madaniyat va nomoddiy madaniy merosni xalqaro miqyosda targ‘ib etish, ilmiy hamkorlikni kengaytirish hamda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash borasidagi faoliyatining muhim qismi bo‘ldi.

#Xitoy #etnofolklorekspeditsiyasi #nomoddiymadaniymeros #icrich

🌍icrich.uz|🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|🕊X|📺YouTube
👍6🤩3
September 9, 2026 137 3