“RAHBAR VA YOSHLAR” UCHRASHUVI O‘TKAZILDI
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining sohada faoliyat yuritayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy-ijodiy salohiyatini oshirish hamda tizim tashkilotlarida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlarini muntazam tashkil etish yuzasidan berilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot institutida “Madaniy merosni raqamlashtirish: ilmiy xodimlar uchun yangi imkoniyatlar” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv Institut direktorining tashkiliy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Dilshodjon Karimov rahbarligida o‘tkazilib, unda nomoddiy madaniy meros namunalarini raqamlashtirish, zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish hamda yosh ilmiy xodimlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda soha yoshlarining fikr-mulohazalari tinglanib, ularga yangi imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
icrich.uz|
Telegram|
Facebook|
Instagram|
X|
YouTube
4September 3, 2026 226 1



