RAHBAR VA YOSHLAR” UCHRASHUVI O‘TKAZILDI ⚡️ O‘zbekiston Respublikasi… — ICRICH — TG.ME

“RAHBAR VA YOSHLAR” UCHRASHUVI O‘TKAZILDI

⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining sohada faoliyat yuritayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy-ijodiy salohiyatini oshirish hamda tizim tashkilotlarida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlarini muntazam tashkil etish yuzasidan berilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida 27-avgust kuni Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot institutida “Mustaqillik – yoshlar nigohida: ilm-fan, izlanish va yangi marralar” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

🧍‍♀️ Uchrashuv Institut direktorining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari, san'atshunoslik fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim Iroda Dadadjanova rahbarligida o‘tkazildi.

💬 Tadbir davomida mamlakatimiz mustaqilligi yillarida ilm-fan va ta’lim sohasida yaratilgan imkoniyatlar, yosh olimlarning ilmiy-tadqiqot faoliyatidagi yutuqlari, ilmiy salohiyatni rivojlantirish hamda yangi marralarni zabt etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

➡️ Shuningdek, yosh tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish, ilmiy-ijodiy salohiyatini yanada rivojlantirish hamda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

🔹 Uchrashuv samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tib, yosh olimlarning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglandi.

#RahbarVaYoshlar #Yoshlar #IlmFan #Mustaqillik35Yilligi #MadaniyMeros

🌍icrich.uz|🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|🕊X|📺YouTube
👍4
August 28, 2026 164