#TEGIRMON #IrimSirim #Madaniyatshunoslik #NomoddiyMadaniyMeros #ICRICH

IRIM-SIRIM, E’TIQOD VA MADANIY MEROS: CHEGARA QAYERDA?
“TEGIRMON” podkasti PREMYERASI
“Chilla saqlash”, “supurgini tik qo‘ymaslik”, “ostonada o‘tirmaslik”, “kechasi tirnoq olmaslik”, “hushtak chalmaslik”...
Bolaligimizdan eshitib kelgan bu taqiqlar aslida qayerdan paydo bo‘lgan? Ular shunchaki maishiy cheklovlarmidi, hayotiy tajriba yoki qadimiy magik tafakkur merosimi?
Bugun oddiy “irim” deb qaralayotgan qaysi qarashlar aslida qadimiy marosimlar va YUNESKO muhofazasidagi nomoddiy madaniy meros elementlari tarkibida saqlanib qolgan?
Podkastimizning ilk sonida irim-sirim, e’tiqod, marosim va an’ana o‘rtasidagi nozik chegaralar haqida samimiy gaplashamiz.
Videoni tomosha qiling va o‘z "irim"laringiz haqida izohlarda bo‘lishing.
#TEGIRMON #IrimSirim #Madaniyatshunoslik #NomoddiyMadaniyMeros #ICRICH
icrich.uz|
Telegram|
Facebook|
Instagram|
X|
YouTube
#TEGIRMON #IrimSirim #Madaniyatshunoslik #NomoddiyMadaniyMeros #ICRICH
9
3
2
1August 29, 2026 670 7