MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI MUNOSABATI BILAN YUKSAK E’TIROF ⚡️… — ICRICH — TG.ME

🇺🇿 MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI MUNOSABATI BILAN YUKSAK E’TIROF

⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-iyundagi Farmoniga binoan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot institutining bir qator xodimlari taqdirlandi.

🌟 Jumladan, institut Xalqaro aloqalar va grantlar bo‘limi boshlig‘i Shuhrat Abdullayev hamda Madaniyatshunoslik bo‘limi mudiri, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim Saodat Nazarova ushbu yuksak e’tirofga munosib ko‘rildi.

➡️ Mazkur yuksak mukofot — mamlakatimiz madaniyati va san’atini rivojlantirish, milliy madaniy merosimizni asrab-avaylash va targ‘ib etish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish hamda sohada amalga oshirilayotgan islohotlarga munosib hissa qo‘shib kelayotgan fidoyi mutaxassislarning samarali mehnatiga berilgan yuksak bahodir.

✨ Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi nomidan Shuhrat Abdullayev va Saodat Nazarovani ushbu munosib mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz!

➡️ Ularga kelgusidagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatida mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, kuch-g‘ayrat hamda yangi ilmiy va kasbiy yutuqlar tilaymiz.

🔸Milliy madaniyatimiz va nomoddiy madaniy merosimizni asrab-avaylash, tadqiq etish va kelajak avlodga yetkazish yo‘lidagi ezgu faoliyatingiz bardavom bo‘lsin!

🎊 Yuksak e’tirof muborak!

🌍icrich.uz|🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|🕊X|📺YouTube
👍11👏5🔥4🎉2❤‍🔥1💯1
August 27, 2026 228 6