– Qanday qizga uylanay?
– Yuragingni joyidan koʻchira olgan qizga. Uylanish arafasida qiz qidirasan, bu tabiiy. Odamlardan maslahat soʻraysan, izlaysan, topilganini surishtirasan. Yaxshi qiz boʻlsa, deysan. Lekin yaxshi qiz boʻlgan taqdirda ham yuraging uni koʻrganda qimirlab ketsin. Sev. Koʻzinimi, qoshinimi, yuzinimi, kulishinimi, qay jihatini boʻlsa ham sev. Chunki har qancha yaxshi boʻlmasin, baribir inson zoti xatokordir. Ozmi, koʻpmi xato bor hammada. U xatolarni yashab koʻrgach anglaysan. Ana oʻsha yashash asnosida koʻzga koʻringan xatolarga koʻz yumish uchun ham sevish kerak. Aks holda, kichik xatolar, balki, ziynatlar ham katta xato boʻlib koʻrinaveradi…
@fayziy_uz
13March 24, 2026 313 6