"Xarakter" loyihasi
Inson, ayniqsa, erkak o‘zini tarbiyalab, shakllantirib olishi muhim hodisadir. Maktablarda 12 yil xotin o‘qituvchilar ta’limini olgan o‘g‘il bolalarda erkak xarakteri shakllanmayapti. Shu sababli bugun 18 yoshli yigitchalarda hamon dunyoqarash mavjud emas, harakatlari, hissiyot va munosabatlarida xotinlarning xususiyatlari ko‘zga tashlanadi. Xotin tarbiyasining natijasida o‘g‘il bola erkakka xos qat’iyat, birso‘zlilik, dag‘allik, mardlik va tadbirli tafakkurdan mahrum bo‘lib ulg‘ayadi.
Esi va hushi joyida bo‘lgan o‘g‘il bola o‘zining tartib va intizomga muhtoj ekanligini sezadi. U shunday bir muhit va ustozni qidiradi. Shunday uyg‘oq yigitlar uchun “Xarakter” dasturini boshladik. Ushbu loyiha orqali tartib-intizom, kamgaplik, mehnatkashlik, odob-axloq, jiddiyat, qat’iyat va matonat kabi sifatlarni o‘g‘il bolalarda shakllantirish maqsad qilingan. Loyiha doirasida ilk marta talabgorlar qabul qilinadi. Loyihada 16 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan yigitlar qatnasha oladi. Ularning shaxsan o‘zlari bizga yozishlari va suhbatdan o‘tishlari kerak. Loyiha pulli. To‘rt mavsumni o‘z ichiga olgan ushbu “Xarakter” loyihasi bir yil davom etadi. Bir yildan so‘ng ishtirokchilar loyihadan chiqadilar. Loyiha uchun 30 kishi maxsus suhbat asosida qabul qilinadi. Loyiha jarayoni ota-onalar tomonidan shaffof kuzatib turilishi uchun ochiq. Barcha savol va javoblar yuzma-yuz suhbatda bo‘lib o‘tadi. Qiziqqanlar ushbu manzilga yozishingiz mumkin.
👉 @Xarakter_lohihasiBot
Yozganda quyidagi tartibdan foydalaning:
“Assalomu alaykum, ismim ... . Falon shaharda yashayman. Yoshim ... da. Kasbim ... . “Xarakter” loyihasida qatnashmoqchiman. Telegramdagi telefon raqamim: ...”.
Xatlar 10 kun davomida qabul qilinadi va so‘ng javob yozilib, suhbat vaqtlari belgilanadi.
“Xarakter” pedloyihasi g‘oyasi muallifi Akrom Malik.